Gul edim... Gul edim... Tonglarni shom qilar nafs bandalari, Elni badnom qilar nafs bandalari, Ko‘z yoshni sharobdek quyib ichmoqqa Kaftini jam qilar nafs bandalari.
Gul edim... Gul edim... Ona, ortimdagi ovoraginam, Yig‘idan ko‘z yoshi favvoraginam, Taqdirim o‘nglashga ming bor urinib, Erisha olmagan bechoraginam. Gul edim...
Men netay, hayotga boqib ulgurmay Baxtsizman, baxt shamin yoqib ulgurmay, Qumloqlarga singib quridi qancha Jilg‘alar soy tomon oqib ulgurmay.
Gul edim.. Gul edim.. Dilimdan otilib chiqolmas faryod, Sir bo‘lgan sevgimni qildilar barbod, Haqli edim sevgan davrim, vasliga Yetmadim, yomonlar dastidan ming dod!
Gul edim... Gul edim... Baxtimni sotdingiz, jon otajonim, Gunohga botdingiz, jon otajonim, Hayot ato qilib, so‘ng xato qilib, Qaylarga otdingiz, nomehribonim.
Комментировать